Toshkent shahrida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyaga 700 nafarga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi - Sherzod Asadov
Toshkent shahrida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyaga 700 nafarga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi maʼlum qildi.


Uning so‘zlariga ko‘ra, 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya xalqaro miqyosda katta qiziqish uyg‘otgan.
“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiya xalqaro miqyosda katta qiziqish uyg‘otdi. Juda ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari tadbirni bevosita yoritib borishdi. Bundan tashqari, anjuman onlayn tarzda ham yirik platformalar orqali uzatib borildi.
Mehmonlar soniga kelsak, taklif qilingan mehmonlarning barchasi yetib kelishdi. Umumiy hisobda 600 nafardan ortiq, 700 nafarga yaqin ishtirokchilar mazkur konferensiyada qatnashdi.
Fursatdan foydalanib, xorijiy va mahalliy jurnalistlarga tadbirni faol yoritib borganlari uchun minnatdorchilik bildiraman”, dedi Sherzod Asadov savolga javoban.







