O'zbekiston

Bayden va Putin musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Bugun, 20 iyul kuni Qurbon hayiti munosabati bilan AQSH Prezidenti Jo Bayden va mamlakat birinchi xonimi Jill Bayden hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin butun dunyo musulmonlarini tabrikladi.

Bayden va Putin musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

 

 

“Jill va men butun dunyo bo‘ylab Qurbon hayitini nishonlayotganlarga o‘zimizning eng samimiy salomlarimizni yuboramiz”, deyiladi bayram tabirigi kirish qismida. 

AQSH Prezidenti Haj ziyorati va Qurbon hayiti anʼanalari, ayniqsa, bu yil — koronavirus pandemiyasi tufayli vujudga kelgan qiyinchiliklar davrida juda ahamiyatli ekanini qayd etgan. 

“Amerika xalqi butun dunyo bo‘ylab COVID-19‘ga qarshi kurashda yarim milliarddan ortiq vaksinani hayriya qilib, yetakchilik qilishdan faxrlanmoqda. Hayotlarni saqlab qolish va har qanday joyda pandemiyaga barham berish uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak”, deyiladi xabarda. 

Tabrikda Haj ziyorati haqida ham so‘z borib, u tenglik timsoli sifatida taʼriflangan hamda Qo‘shma Shtatalarda ham ushbu ziyoratni amalga oshirishni istovchi minlab amerikaliklar borligi qayd etilgan.

“Amerika xalqi nomidan biz barchaga xavfsiz va ajoyib bayramni tilaymiz. Hayit Muborak”, deyiladi tabrik so‘ngida.

 

“Aziz do‘stlar! Sizlarni Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Ildizlari asrlarga borib taqaladigan ushbu qadimiy bayram dindorlarni Islomning kelib chiqishi va qadriyatlariga jalb qiladi, rahm-shafqat, adolat va taqvodorlikka, boshqalarga nisbatan ehtiyotkorlik va samimiy munosabatda bo‘lishga chaqiradi. Barcha jahon dinlari negizida joylashgan ushbu yuksak gumanistik, axloqiy ideallar qudratli birlashtiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlashga va madaniy xilma-xillikni,  xalqimizning o‘ziga xos anʼanalarini saqlashga xizmat qiladi”, deyiladi Prezident Putin tabrigida.

Putin o‘z tabrigida Rossiya musulmonlariga sog‘lik, baxt va esguliklarni tilashini bildirgan. 

Maʼlumot uchun, islom dini Rossiya Federatsiyasida xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Mamlakatdagi musulmonlarning aniq soniga hali aniqlik kiritilmagan va hamon muhokamalar davom etib keladi. 2002 yildagi aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, Rossiyadagi anʼanaviy musulmon aholi soni taxminan 14,5 million kishi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bayden va Putin musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi | Zamon.uz