O'zbekiston

Avgust oyida yana qanday shov-shuvli voqea rejalashtiriyapti?

Joriy yilning 19 iyul sanasida AOKAda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish  vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi  Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda davlatimiz rahbarining uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlashni rivojlantirish borasidagi yig‘ilishida qo‘yilgan vazifalar, bu sohadagi istiqbolli loyihalar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berib o‘tdi.

Avgust oyida yana qanday shov-shuvli voqea rejalashtiriyapti?


Shuningdek, brifingda yoshlarning innovatsion ishlanmalari qay tartibda rag‘batlantirilayotganligi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

– Yoshlarning  innovatsion ishlanmalari qay tartibda rag‘batlantirilyapti va qancha qismi amaliyotda qo‘llanmoqda?

–  Yoshlarning ilmiy, startap loyihalarinini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu mablag‘larni munosib nomzodlarga yetkazish uchun tanlovlar muntazam o‘tkaziladi. Masalan, 2020 yilning eng yaxshi 20 ta startap loyihasi, turli marafonlar tartibida, Texnoveys, “Tekurban Uzbekistan” nomli tanlovlar o‘tkazganmiz. Bu yil ham “Bo‘lajak olimlar”  katta tanloini tashkillashtiryapmiz. Bunda yosh olimlarga 100 milliongacha bo‘lgan summalar ajratiladi. Mazkur tanlov ikki yo‘nalishda: birinchi, startap loyihalari, ikkinchisi, yoshlarning innovatsion g‘oyalari. 

Hozirda tanlovning birinchi bosqichi yaʼni arizalarni qabul qilish ishlari yakunlandi. Ayni kunlarda “Akademik harakatchanlik” nomli tanlovimizga qabul jarayonlari 31 iyulga qadar  belgilangan va hujjatlar qabuli davom etmoqda. Bunda ham asosan yoshlar o‘zlarining loyihalari bilan qatnashib, O‘zbekiston yoki xorijdagi eng nufuzli laboratoriyalarda ishlash imkoniga ega bo‘lishadi. Faqat o‘qish bilan emas, o‘z ishlanmalarini ilmiy tadqiqot institutlarida yana-da takomillashtirishlari mumkin.

– Yangi qurilgan yo‘llarda ko‘p o‘tmasdan deformatsiyalar kuzatilmoqda. Bunga biror innovatsion g‘oya tatbiq etiladimi?

– Yo‘llarning shakl o‘zgartirish holati ularning ost qismidan o‘tgan eski kanalizatsiya quvurlaridan suv sizib chiqishida. Shu paytga qadar birgina Toshkent shahrining o‘zida 1500 dan ko‘p teshiklar aniqlangan. Hozirda Isroil davlatining “Maya international” kompaniyasi bilan hamkorlikda sunʼiy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida kosmosdan turib  yerosti suvlarining sizib chiqishini aniqlashni yo‘lga qo‘yganmiz.  Agarda quvurlarda shu kabi texnik nosozliklar aniqlansa, maxsus texnologiyalar orqali bartaraf etiladi va quvurlar yana 50 yilgacha ishlab bera oladi.

– Xabaringiz bor, yaqinda “NazarX” loyihasida o‘zbekistonlik yigit kosmosga o‘z ayerostatini uchirdi. Istiqbolda yana shunday rejalar bormi?

– Ziyodilla ismli yigit  bizga videolarini taqdim etdilar va ushbu loyihaga 100 million so‘m miqdorida pul ajratildi. Hozirda mazkur aerostatning takomillashtirilgan versiyasi yaratildi va u vazirligimizda turibdi. Xudo xohlasa, avgust oyida uchirishni rejalashtirganmiz. Undan tashqari, yana shov-shuvli voqea ham qilmoqchimiz, u hozircha sir. Nasib etsa, uni ham avgust oyida maʼlum qilamiz.

 

Zayniddin Norquvvatov

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Avgust oyida yana qanday shov-shuvli voqea rejalashtiriyapti? | Zamon.uz