Gaitida yangi hukumat inaguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
Gaiti poytaxti Port-o-Prens shahrida Ariel Anri boshchiligidagi yangi hukumat tarkibi inaguratsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni davlat televideniyesi translyatsiya qildi.
Anrining so‘zlariga ko‘ra, u yaqin kunlarda mamlakatdagi turli siyosiy kuchlar vakillari bilan uchrashib, "milliy konsensus"ga kelmoqchi.
Yangi hukumat kamida yangi prezident saylanguniga qadar faoliyat yuritadi.
Avvalroq, Gaitining sobiq prezidenti o'z qarorgohida o'ldirilganligi haqida xabar bergan edik.







