Germaniyada tog‘ sotuvga qo‘yildi
eBay saytida Germaniyadagi Sirkelshtayn tog‘i sotuvga qo‘yildi.

U Sakson Shveysariyasidagi eng kichik tog‘ sanaladi.
385 metr balandlikdagi Sirkelshtayn (Zirkelstein) tog‘i dastlab 1,2 mln dollar narxda sotuvga qo‘yilgan. Keyinroq narx 590 000 dollarga tushgan. Hozir esa u 235 ming dollarga baholanmoqda. Sotilayotgan hududning umumiy maydoni 81 000 kv.m.
Tog‘ning hozirgi egalari qariyalar bo‘lib, ular tog‘dagi vaziyatni ortiq nazorat qila olishmaydi. Xaridor bu hududni o‘rab olish yoki inshoot qurish huquqiga ega bo‘lmaydi, ammo faqat joy egasigina bu yerda avtomobilda harakatlana oladi.







