Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga uning singlisi Qurbonbibi Rahmonova vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 iyul kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning singlisi Qurbonbibi Rahmonova vafot etdi.







