Tojikiston prezidenti og'ir judolikka uchradi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning singlisi Qurbonbi Rahmonova vafot etdi.

Maʼlum qilinishicha, 64 yoshdagi Qurbonbi Rahmonovaning o‘limiga koronavirus infeksiyasi sabab bo‘lgan.

“Tojikiston hukumati marhumaning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan”, deyiladi xabarda.
Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Rahmonova koronavirus infeksiyasiga chalingan, u Dushanbedagi 5-sonli klinik kasalxonada davolanayotgan edi.
Rahmonova bugun, 21 iyul chorshanba kuni Tojikiston janubidagi tug‘ilgan joyi Dang‘ara viloyatiga dafn etiladi. Maʼlumot uchun, Emomali Rahmon 1952 yilning 5 oktyabrida Dang‘arada tug‘ilgan bo‘lib, ayni vaqtda 68 yoshda.







