Zamonaviy “Afrosiyob” poyezdi O'zbekistonga qarab yo'l oldi
Joriy yilning 30 iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan ikkita lokomotiv va o‘n bitta vagon, shuningdek, alohida yana to‘rtta vagon ortilgan kema iyul oyining birinchi o‘n kunligida Rossiyaning Sankt Peterburg portiga yetib kelgandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poyezdni mamlakatimizga olib kelishga hozirladilar.
Kecha “Afrosiyob” poyezdi Sankt Peterburg shahridan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqdi.
Bundan o‘n yil ilgari, aniqrog‘i 2011 yilda yurtimizga birinchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi olib kelingan edi.
Yana sanoqli kunlardan so‘ng mamlakatimizda bunday poyezdlar soni beshtaga yetadi.







