AQSHda emlanmaganlar pandemiyasi kuzatilmoqda
Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “bizda emlanmaganlar orasida pandemiya kuzatilmoqda.

Bu oddiy. Agar siz emlangan bo‘lsangiz, kasalxonaga yotqizilmaysiz. Reanimatsiya bo‘limiga olinmaysiz. Siz o‘lmaysiz”.
Uning maʼlumotlriga ko‘ra, AQSHda ohirgi paytlarda koronavirusdan vafot etgan 10 ming kishi orasida 9,950 nafari vaksina olmagan.

Bayden, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar dezinformatsiya bilan “odamlarni o‘ldirishini”, feyklarning 45 foizga yaqini Facebookdagi 12 kishidan tarqalayotganini taʼkidladi. “Bu hazil emas, bu bolangizga yo‘ldan qizil chiroq yonganda o‘tishni aytish bilan barobar”, - dedi Oq uy rahbari.







