Hindistonda ilk bor parranda grippidan o‘lim holati qayd etildi
Grippni yuqtirgan bemor Nyu-Dehli yaqinida yashovchi 11 yoshli bola edi. U 2 iyul kuni kasalxonaga yotqizilgan va oradan bir necha kun o‘tgach vafot etgan. Shuningdek, unga oqqon va pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.


Ommaviy axborot vositalarining xabar qilishicha, hozirga qadar parranda grippining ikkita turi aniqlangan - H5N1 birinchi marta 1997 yilda qayd etilgan va H7N9 2013 yilda kashf etilgan.
BMT maʼlumotlariga ko‘ra, 2013 yildan beri H7N9 virusini 1668 kishi yuqtirgan.
Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi virusning bu xilma-xilligi tashvish tug‘dirishini taʼkidladi, chunki u virusning o‘ta xavfli shtammiga aylanishi isbotlangan.
Bo‘limning taʼkidlashicha, ayni paytda mutaxassislar virus genomini o‘rganish bilan band. Bemorning kontaktli kuzatuvi davom etmoqda, ammo na oila aʼzolari, na uni davolagan tibbiyot xodimlarida kasallik alomatlarini aniqlanmadi.
Nasiba To‘xtayeva







