Hindistonda koronvirusning yangi to‘lqini xavfi mavjud
Hindiston aholisining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ida koronavirusga qarshi antitelalar bor.


Mamlakat aholisidan olingan qon namunalarini o‘rganish natijalari shundan dalolat bermoqda.
Shunday qilib, iyun va iyul oylarida Hindiston Tibbiy tadqiqotlar kengashi tomonidan 29 ming kishida o‘tkazilgan tahlillar 67,6 foizi namunalarda tegishli antikorlarning mavjudligini ko‘rsatdi. Ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashicha, bunday natijalar aprel-may oylarida mamlakatni qamrab olgan koronavirus to‘lqinining oqibatlarini namoyish etadi.
Hindistonda katta yoshdagi aholining atigi 8 foizi to‘liq emlangan, cheklovlar yumshatilsa, koronavirusning yangi to‘lqinlari paydo bo‘lishi xavfi bor.







