Nigeriyada asirga olinganlar ozod qilindi
Nigeriyada 100 kishi jangarilar qo‘lidan ozod qilindi.


Politsiya va xavfsizlik xizmati iyun oyida Zamfara shtatining shimoli-g‘arbiy qismida o‘g‘irlab ketilgan mahalliy aholi vakillarini jangarilar qo‘lidan qutqardi.
8 iyun kuni bir guruh jangarilar Maru tumanidagi Manava qishlog‘iga hujum qilib, 100 nafar mahalliy aholini, asosan ayollar va bolalarni o‘g‘irlab ketishgan edi. Politsiya va xavfsizlik xizmati jangarilar bilan muzokara olib borib, ularni aholini so‘zsiz ozod qilishga majbur qildi.
Nasiba To'xtayeva







