Nyu-York tutun bilan qoplandi
Tutunga sabab qilib, AQSHning Oregon, Vashington va Kaliforniya shtatlarida avj olgan o‘rmon yong‘inlari deya ko‘rsatilmoqda.


Oregon, Vashington va Kaliforniya shtatlarida avj olgan o‘rmon yong‘inlari tufayli AQSHning Nyu-York shahri qalin tutun ostida qoldi.
Shahar hokimiyati tutun bo‘lishiga qaramay, aholini havo sifati haqida qayg‘urishiga hojat yo‘qligini eʼlon qildi.
Bir necha kun ichida mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismidan sovuq havo oqimi kirishi kutilmoqda, haftaning oxiriga qadar havoning katta qismi tozalanadi, dedi sinoptiklar.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlarda yong‘inlar bir vaqtning o‘zida bir nechta shtatlarni - Oregon, Kaliforniya, Aydaho va Alyaskani qamrab oldi. Odamlar evakuatsiya qilinishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Nasiba To'xtayeva







