Osvensim konslagerida qancha o‘zbekistonlik bo‘lgan?
O‘zbekistonning Polshadagi va Polshaning O‘zbekistondagi elchixonalari, “Aushwitz-Birkenau Foundation” va Navoiy viloyati hokimiyati qo‘shma tadqiqotlari natijasida Osvensim konslagerida qancha o'‘zbekistonlik asirlar bo‘lganini aniqlandi.

Unga ko‘ra konslagerda yuzdan ortiq o‘zbekistonliklar saqlangan. Ular asosan 1941-1942-yillarda asirga tushgan va Osvensimga keltirilgan. Hozirda konslagerda halok bo‘lgan 22 nafar o‘zbekistonlik haqida aniq maʼlumotlar to‘plangan. Bu 22 asir haqida konslager maʼmuriyati batafsil maʼlumotnoma tuzgan-ularning ism-familiyalari, tug‘ilgan yili, qaysi qo‘shin turlarida xizmat qilgani, asirga tushgan joyi, asirlarning shaxsiy raqami va o‘limi sababi keltirilgan.

Shuningdek, tadqiqotlar davomida asirlarning qarindoshlarini qidirib topish ham amalga oshirilgan. Natijada hozirda Navoiy viloyatida halok bo‘lgan ikki nafar asirning qarindoshlari istiqomat qilishi aniqlangan.
Osvensim-Ikkinchi Jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasi tomonidan qurilgan o‘lim lagerlaridan biri bo‘lib, bu yerda 100 minglab asirlar o‘ldirilgan.
Jahongir Qo'ziyev







