Plastik chiqindi “ovlagan” g‘olib 734 dollar yutib oldi
Bir kunda 80 ishtirokchi 3 tonnaga yaqin chiqindi yiqqan.


The Drum xabar qilishicha, Meksikaning Masatlan shahrida dunyoda birinchi "plastik baliqchilik" turniri o‘tkazildi. Musobaqa ishtirokchilari okeandan ko‘proq plastik chiqindi “ovlash” bo‘yicha bellashishdi.
Bir kunda 80 ishtirokchi 3 tonnaga yaqin chiqindi yiqqan.
Corona pivosi va We Believers kreativ agentligi turnir tashkilotchisi bo‘ldi.
Okeandan olib chiqilgan har bir kilogramm chiqindi uchun baliqning bir kilosidan ko‘proq haq to‘landi.
G‘olib 369 kg plastik yig‘ib, 14 800 peso (qariyb 734 dollar) ishladi.
Sharofat Mahmudova







