Pyotr I davriga oid tangalar aeroport bojxona postida ushlab qolindi
Tangalar erkakning qo‘liga qanday tushib qolgani yuzasidan surishtirish ishlar olib borilmoqda.


Pyotr I davriga tegishli bo‘lgan noyob tangalarni noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro Urganch aeroportida bojxona nazorat postida to‘xtatilib qolindi. Bu haqda Vesti.UZ maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, tangalarni noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro Xorazm viloyatini hududini tark etayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Ushbu tangalar o‘ta noyob va qimmatbaho bo‘lib, yer yuzida sanoqli.
Ayni damda tangalarni bust-butun saqlash uchun Ichan-Qalʼa muzeyiga topshirilgan. Ushbu tangalar madaniy meros bo‘lib, tarixiy ahamiyatga ega.
Tangalar erkakning qo‘liga qanday tushib qolgani yuzasidan surishtirish ishlar olib borilmoqda.
Munojat Valiyeva







