“Rossiya o‘z ittifoqchisiga yordamga tayyor”- RF TIV o‘rinbosari Rudenko
Moskva Toshkent bilan Afg‘oniston masalasida doimiy aloqada va agar rasmiy Toshkent murojaat qilsa, unga yordam berishga tayyor.


Bu haqda Rossiya TIV o‘rinbosari Andrey Rudenko RIA Novosti bilan suhbatda maʼlum qildi.
Rudenkoning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat Markaziy Osiyoga qanday taʼsir qilishi doimiy eʼtiborda va RF o‘zining strategik hamkori va ittifoqchisi bo‘lgan O‘zbekiston bilan ushbu masalada doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Agar O‘zbekiston rahbariyati Rossiyaga murojaat bilan chiqadigan bo‘lsa, Rossiya o‘z ittifoqchisiga qo‘shimcha yordam berishga tayyor ekani qayd etildi.







