Rossiyada koronavirusning yangi shtammi ko‘paymoqda
Rossiyada koronavirusning gamma deb nomlangan yangi shtammi ko‘paymoqda.


Bu variant Braziliyada paydo bo‘lgan.
Gamma, delta shtammi kabi yuqumli ekanligi taʼkidlanmoqda. Koronavirusning yangi turi bo‘yicha tadqiqotlarning to‘liq sikli taxminan ikki oy davom etadi.
Tadqiqot markazining taʼkidlashicha, gamma va delta "xavotirga soluvchi" toifaga kiritilgan, chunki ular ko‘proq o‘tkazuvchan, zararli va antitelalarning taʼsirini kamaytirishi mumkin.
Maʼlumotlarga ko‘ra, delta varianti hozirgi kunda Rossiyada keng tarqalgan bo‘lib, u asta-sekin o‘z o‘rnini boshqa shtammlarga bo‘shatyapti.
Nasiba To'xtayeva







