Shahzoda Garri xotiralar kitobi uchun 20 million dollar avans oldi
Penguen Random House nashriyoti shahzoda Garrining xotiralar kitobini nashr etish uchun unga bir necha million dollar avans to‘lagan.


Qayd etilishicha, Sasseks gersogiga xotiralari uchun kamida 20 million dollar to‘langan. Nashrning yozishicha, Yelizaveta II ning nabirasi bir yil davomida xotiralar kitobi ustida yashirincha ishlagan.
Uning muallifi Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgan jurnalist Jon Mexringer bo‘lib, u ishi uchun 1 million dollar avans olgani aytilmoqda
.
Avvalroq, shahzoda Garri kitobdan tushgan barcha mablag‘ni xayriya ishlariga sarflashini aytgan edi.
Nasiba To'xtayeva







