Jahon

“Shimoliy oqim-2”: iqtisodiy loyihami yoki geosiyosiy qurol?

21 iyul kuni Noland bayonoti ortidan Merkel va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar yana bir bora gaz quvurlari savdo-iqtisodiy manfaatlarga xizmat qilishini taʼkidlashdi.

“Shimoliy oqim-2”: iqtisodiy loyihami yoki geosiyosiy qurol?

 

 

 

21 iyul kuni AQSH davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland AQSH va Germaniya Rossiyaning “Shimoliy oqim-2” magistral gaz quvurlari bo‘yicha kelishuvga erishganligini maʼlum qildi. Bir necha yillar davomida Berlin va Vashington munosabatlarida taranglikka sabab bo‘lgan ushbu masala o‘tgan haftada Germaniya kansleri Angela Merkelning Vashingtonga tashrifi doirasida hal qilindi. Xo‘sh, Rossiya-Germaniya o‘rtasidagi quvurlar nima uchun AQSH noroziligiga sabab bo‘ldi? Ushbu loyiha Yevropa xavfsizligiga tahdid  soladimi? 


Bu qanday loyiha?


“Shimoliy oqim-2” (“Nord stream-2”) Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi Boltiq dengizi tubidan o‘tgan magistral gaz quvuri bo‘lib, uzunligi 1 234 kmni tashkil qiladi. Qurilish ishlari 2016 yilda boshlangan bo‘lib, 2021 yilda yakunlanishi mo‘ljallangan. Ushbu noyob loyihada quvurlar to‘liq dengiz tubidan o‘tadi va Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Germaniya hududiy suvlariga yotqiziladi. 


Bu sof iqtisodiy loyihami?


Moskva va Berlin “Shimoliy oqim-2”  hech qanday siyosiy maqsadlarga xizmat qilmasligini, balki sof iqtisodiy loyiha ekanligini taʼkidlab keladi. Germaniya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etganiga va ikki tomonlama munosabatlar keskin sovuqlashganiga qaramay, gaz quvuri qurilishi katta iqtisodiy manfaat keltirishini hisobga oldi va Moskva bilan kelishuvga erishdi. 2019 yilda RF prezidenti Vladimir Putin  chiqishlaridan birida “Shimoliy oqim-2” mutloq iqtisodiy loyiha ekanligini maʼlum qildi. 


21 iyul kuni Noland bayonoti ortidan Merkel va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar yana bir bora gaz quvurlari savdo-iqtisodiy manfaatlarga xizmat qilishini taʼkidlashdi.


Nima uchun Yevropa va AQSH norozi?


AQSH va Yevroittifoqning baʼzi davlatlari, shuningdek, Ukraina “Shimoliy oqim-2” ni Moskvaning navbatdagi quroli sifatida ko‘radi. Ularning fikricha, loyiha Yevropaning energetik xavfsizligiga tahdid qiladi va Rossiyaga nisbatan qaramligini oshiradi. Jumladan, AQSHning fikricha, magistral gaz quvurlari Yevropaning Rossiyaga nisbatan harakatlarini cheklab qo‘yadi, shuningdek, Moskvaning Yevropaga siyosiy taʼsiri oshishiga olib keladi. Baʼzi ekspertlarning fikricha, Vashington qarshiligining asosiy sababi-o‘z energiya manbalarining “Shimoliy oqim-2” tufayli eksporti cheklanishi hisoblanadi. Yevropa dunyodagi eng yirik energiya isteʼmolchisi ekanligi hisobga olinsa, masala yana-da oydinlashadi. Bundan tashqari, “Shimoliy oqim-2” ishga tushsa, Sharqiy Yevropa davlatlari, birinchi navbatda Ukraina Rossiya gazini tranzit qilish imkoniyatidan asta-sekin mahrum bo‘ladi. AQSH Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilari manfaatlarini himoya  qilishi uchun ham loyihaga qarshilik qilib keladi. Vashington shu paytgacha “Shimoliy oqim-2” bilan bog‘liq to‘rtta sanksiyalar paketini kiritdi. 


Ukraina va Polsha Rossiya gazi tranzitidan katta foyda ko‘radigan davlatlar hisoblanadi. “Shimoliy oqim-2” ishga tushsa, Rossiya gazni dengiz tubi orqali Yevropaning markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkonini qo‘lga kiritadi va Ukraina hamda Polsha orqali tranzitdan voz kechiladi. Sharqiy Yevropa davlatlari eng avvalo shu sababli ushbu loyihaga qarshilik qilishmoqda.


“Shimoliy oqim-2” Yevropa va AQSH o‘rtasidagi maʼlum bir ziddiyatlarni ko‘rsatib qo‘ydi. Masalan, AQSH oliy rahbariyati bir necha bor Germaniya hukumatidan loyihani to‘xtatishni so‘radi. Lekin Berlin qatʼiy rad javobini berib, milliy manfaatlar Vashington bilan hamkorlikdan ustun ekanligini ko‘rsatdi.


Kelishuvga nima majbur qildi?


21 iyul kuni AQSH prezidenti Jo Bayden “Shimoliy oqim-2” qurilishini to‘xtatish imkonsiz ekanligini maʼlum qildi. Sababi, qurilish ishlari 99  foizga yakunlangan va ishga tushish arafasida. AQSH maʼmuriyati Yevropadagi eng yirik va muhim ittifoqchisi-Germaniya bilan munosabatlarni sovuqlashtirmaslik uchun ham “Shimoliy oqim-2” qurilishi tugallanishiga rozi bo‘ldi. Angela Merkel o‘z navbatida Vashington bilan kelishuv Rossiyaga sovg‘a emasligini hamda Rossiya Germaniya uchun Ukraina va Polshadan muhim ekanligini anglatmasligini aytib o‘tdi.


AQSH roziligi Berlinga bir qancha majburiyat yukladi. Birinchidan, agar Rossiya magistral quvurdan siyosiy maqsadda foydalansa, Germaniya AQSH bilan birgalikda Moskvaga qarshi zudlik bilan sanksiyalar kiritadi.


Ikkinchidan, Germaniya Rossiyadan Ukrainadan o‘tadigan gaz tranzitini saqlab qolishni va 2024 yilda tugaydigan shartnomani yana o‘n yilga uzaytirishni so‘raydi.


Uchinchidan, Ukraina uchun alohida “yashil fond” joriy qilinib, unga 1 milliard yevro ajratiladi. Fondning asosiy maqsadi Ukrainaning Rossiya gazidan qaramligini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng joriy qilish.


“Shimoliy oqim-2” Rossiya va Germaniya uchun katta iqtisodiy imkoniyatlarni vujudga keltiradi va ularning taʼsirini yana-da oshiradi. Ushbu loyiha Rossiya gazining Yevropadagi mavqeining ham oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham uning ishga tushirilishi Moskva uchun strategik ahamiyatga ega.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

“Shimoliy oqim-2”: iqtisodiy loyihami yoki geosiyosiy qurol? | Zamon.uz