O'zbekiston

Strategik tashkilotlarga gaz uchun oshirilgan koeffitsiyent bekor qilindi

Vazirlar Mahkamasi “Strategik tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularda qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Strategik tashkilotlarga gaz uchun oshirilgan koeffitsiyent bekor qilindi

 

 

Strategik tashkilotlarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish hamda ularning moliyaviy ahvolini barqaror saqlash maqsadida tabiiy gaz qiymatiga 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lov undirilishi tartibi bekor qilindi.

Qaror qabul qilinguniga qadar shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatini 1,4 koeffitsiyent qo‘llanmagan holda qayta hisoblab chiqilishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 105-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"Isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada belgilanganidan ko‘p hajmda va gaz taʼminoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan taqdirda, isteʼmolchidan (strategik tashkilotlar bundan mustasno) shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lov undiriladi. Vujudga kelgan qarzdorlik uchun to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda:

- ushbu qoidalarga ilovada ko‘rsatilgan tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar gaz taʼminoti tashkilotiga to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tgan summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

 - qolgan isteʼmolchilar gaz taʼminoti tashkilotiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda penya to‘laydi".

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Strategik tashkilotlarga gaz uchun oshirilgan koeffitsiyent bekor qilindi | Zamon.uz