2016-yilgi saylovlar yodingizdami?
Bugun, 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi majlisida mamlakatda Prezident saylovi kampaniyasiga start berildi.


Zamon.uz kampaniya ish boshlagani munlosabati bilan 2016 yilgi saylovlarni yodga oldi.
Sir emaski, 2016 yilning senyatbr oyida davlatimizning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafoti ko‘pchilikda “endi nima bo‘ladi?”,-degan savolni tug‘dirdi. Mamlakatga uzoq yillar davomida erishilgan tinchlik va barqarorlikni asrab qoladigan, xalq farovonligi yo‘lida ish olib boradigan rahbar kerak edi. Shu tariqa 2016 yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi.
Kimlar prezidentlikka nomzod edi?
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasida faoliyat yuritadigan siyosiy partiyalar prezidentlik saylovida bittadan nomzod ko‘rsatishi shart. 2016 yilda Respublika parlamentida 4 ta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatar edi - O‘zLiDeP, XDP, “Adolat” SDP va “Milliy Tiklanish”DP.
2016 yilning 16 sentyabrida O‘zLiDeP siyosiy kengashi Prezident vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevni partiyadan nomzod qilib ko‘rsatdi.
O‘z navbatida shu kuni “Milliy Tiklanish” demokratik Partiyasi Sarvar Otamurodov nomzodini ilgari surdi.
17 sentyabr kuni “Adolat” SDP Toshkentda bo‘lib o‘tgan plenumida partiya lideri Narimon Umarovning nomzodini ko‘rsatgan bo‘lsa, XDP Hotamjon Ketmonovni nomzod sifatida taqdim etdi.
Saylov kampaniyasi. Natijalar va yangi taraqqiyot yo‘li.
Nomzodlar 2 oy davomida saylov kampaniyasida ishtirok etishdi. Avvalgi saylovlardan farqli o‘laroq ushbu kampaniyani yoritishda horijiy va mahalliy OAVlar nisbatan keng jalb qilindi. Saylov mamlakatning keyingi taraqqiyot yo‘lini belgilashda muhim o‘rin tutar edi, shu sababli jahon hamjamiyati diqqat-eʼtibori O‘zbekistonda bo‘ldi. Xalqaro tashkilotlar ham saylovga katta qiziqish bilan qaradi. Masalan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ilk bor O‘zbekiston Prezidenti sayloviga to‘liq tarkibli missiya yubordi.
2016 yil 4 dekabr kuni Respublika keyingi 5 yil uchun yangi rahbar sayladi. Unda saylovchilarning 87.6 % qatnashdi. Shu kuni kechga yaqin dastlabki natijalar eʼlon qilindi.
Unga ko‘ra:
“Milliy Tiklanish” partiyasi nomzodi Sarvar Otamurodovga 421055 saylovchi ovozi yoki saylovchilarning 2.35 % ishonch bildirdi va Otamurodov 4 o‘rinni egalladi;
“Adolat” SDP nomzodi Narimon Umarov 619972 yoki 3.46 % ovoz bilan 3 o‘rinni egalladi;
XDP nomzodi Hotamjon Ketmonov 669187 yoki 3.73 % ovoz bilan 2 o‘rinni egalladi;
O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyevga 15906724 ovoz yoki saylovchilarning 88.61 % ishonch bildirdi. Shavkat Mirziyoyev mustaqil O‘zbekistonning yangi prezidenti etib saylandi.
2016 yil 14 dekabr kuni yangi saylangan Prezidentning rasman lavozimga kirishish marosimi-inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Yangi islohotlar davri
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga yangi taraqqiyot ruhini olib kira oldi. O‘tgan 5 yil davomida respublika siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda katta yutuqlarga erishdi.
Birinchidan, Mirziyoyev dalat tashkilotlari faoliyatini shaffoflashishini taʼminlay oldi. Tashkilotlar faoliyati haqida xalqqa doimiy ravishda maʼlumot berila boshladi, davlat organlari OAV va jamoatchilik bilan mustahkam aloqalar o‘rnatdi.
Ikkinchidan, so‘z va matbuot erkinligining jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni anglab yetildi. Tom maʼnoda mustaqil OAV vujudga kelishi yo‘lida katta qadam tashlandi.
Uchinchidan, muhim iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2017-yilda uzoq yillardan so‘ng horijiy valyuta erkin konvertatsiyasiga ruxsat berildi. Buning natijasida pul mablag‘lari aylanmasi bir necha barobar oshdi. Qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi bir necha barobar o‘sdi. Faol tashqi iqtisodiy faoliyat natijasida mamlakatga horijiy investitsiyalar kirib kelishi bir necha barobar ko‘paydi.
To‘rtinchidan, respublika tashqi siyosati tub o‘zgarishlarga uchradi. Shaxsan Prezident siyosiy irodasi bilan qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatildi.
Eng muhimi-insonlar ongida katta o‘zgarish, ertangi kunga yana-da mustahkam ishonch shakllandi.
2021-yil 24-oktyabrida navbatdagi Prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan siyosiy partiyalar kimlarning nomzodini ilgari surishi hozircha nomaʼlum. Ammo shunisi aniqki, xalq ertangi kuni tinch va osuda o‘tishiga, barqaror hayoti davom etishini taʼminlab bera oladigan nomzodgagina ovoz beradi.
Jahongir Qo‘ziyev







