Afg‘oniston fuqarolari uchun 8000 ta maxsus immigratsion vizalar tasdiqlandi
AQSH Vakillar palatasi Afg‘oniston fuqarolari uchun 8000 ta maxsus immigratsion vizalarni tasdiqladi.


Maxsus immigratsion viza dasturi AQSH hukumati yoki AQSH harbiy kuchlari bilan ishlagan afg‘onlar uchun mavjud. Qayd etilishicha, 2014 yil dekabridan beri Qo‘shma Shtatlar 26 500 ta shunday vizalarni rasmiylashtirgan.
Afg‘onlarga va ularning oilalariga tahdid Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlagandan so‘ng paydo bo‘ldi. So‘nggi haftalarda jangarilar yangi hududlar va chegara o‘tish joylarini egallab olishdi.
Shu oyning o‘zidayoq Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan maxsus immigratsion viza olish uchun ariza beruvchilarni evakuatsiya qilishni boshlaydi. Birinchi guruh Virjiniyadagi harbiy bazaga yetkaziladi.
Nasiba To'xtayeva







