AQSh Xitoyning pandemiya paydo bo‘lishini o‘rganish pozitsiyasini sharhladi
Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki AQSH Xitoyning koronavirus pandemiyasi paydo bo‘lishini o‘rganish haqidagi pozitsiyasini "masʼuliyatsiz va xavfli" deb hisoblashini eʼlon qildi.


"Biz keyingi pandemiyaning oldini olish uchun Xitoyni kerakli maʼlumotlar va namunalarni ochishga chaqirishda davom etamiz", - dedi Psaki.
Oldinroq xitoylik olimlar Science China Life Sciences jurnaliga tayanib COVID-19 tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lganini eʼlon qilgan edi.
Sharofat Mahmudova







