Jahon

Ashraf G‘ani iste’foga chiqmagunga qadar Afg‘onistonda tinchlik bo‘lmaydi — “Tolibon”

“Tolibon” hokimiyatni monopoliyalashtirish niyatida emas. Ammo muzokaralar asosida Qobulda yangi hukumat tuzilmaguncha va Prezident Ashraf G‘ani isteʼfoga chiqmagunga qadar Afg‘onistonda tinchlik bo‘lmaydi. Bu haqda bugun, 23 iyul kuni harakati matbuot kotibi Suxayl Shohin maʼlum qildi.

Ashraf G‘ani iste’foga chiqmagunga qadar Afg‘onistonda tinchlik bo‘lmaydi — “Tolibon”

 

 

"Men shuni aniq aytmoqchimanki, biz hokimiyatni monopoliyalashtirishga ishonmaymiz, chunki ilgari Afg‘onistonda hokimiyatni monopollashtirishga urinib ko‘rgan har qanday hukumatlar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan. Shunday qilib, biz ushbu formulani ishga tushirishni xohlamaymiz”, deydi Shohin.

Shuningdek, harakat matbuot kotibi yaqinda Qatarda bo‘lib o‘tgan “Tolibon” va Afg‘oniston hukumati o‘rtasidagi muzokaralarni yuqori baholagan. Shu bilan birga, Shohin “Tolibon” nomidan Qobulning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi takroriy chaqiruvlariga rad javobini bergan hamda Prezident G‘ani hokimiyatdaligida bu ilojsizligini taʼkidlagan.

Qayd etish kerakki, Suxayl Shohin nafaqat “Tolibon” matbuot kotibi, balki harakatning muzokaralar guruhi aʼzosi hamdir. U Afg‘oniston Prezidentini “urush o‘tini yoquvchi”, deb atagan va Afg‘onistondagi so‘nggi prezidentlik saylovlarida firibgarlik bo‘lganini taʼkidlagan.

Maʼlumot uchun, Afg‘onistondagi 2019 yilgi prezidentlik saylovlarida amaldagi Prezident Ashraf G‘ani 50,64 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongan. O‘z navbatida, G‘anining eng yaqin taʼqibchisi hisoblangan Abdulla Abdulla saylov jarayonlarida Ashraf G‘anining foydasiga ko‘plab qalbakilashtirishlar bo‘lganini taʼkidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ashraf G‘ani iste’foga chiqmagunga qadar Afg‘onistonda tinchlik bo‘lmaydi — “Tolibon” | Zamon.uz