Bugun O‘zbekiston prezidenti saylov kampaniyasiga start beriladi
Bugun, 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kampaniyasiga start beriladi.


Shu kunning o‘zida MSK matbuot markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosimni Xalqaro press-klub ham ushbu jarayonni faollik bilan yoritib boradi.
Efirni bugun, soat 11:00 da “O‘zbekiston 24, “UZREPORT”, “MY5”, “Sevimli”, “Zo‘r TV” da o‘zbek tilida, “Toshkent” “Oilaviy” telekanallarida rus tilida, “Dunyo bo‘ylab” da ingliz tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatishi kutilmoqda.
Saylov jarayoni bir qancha bosqichlardan tashkil topadi. Ular quyidagilar: saylov o‘tkazish sanasini eʼlon qilish; okrug va uchastkalarni tashkil etish va ular komissiyalarini shakllantirish; saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish; nomzod ko‘rsatish; saylovoldi tashviqoti; ovoz berishni tashkil etish; saylov natijalarini aniqlash va eʼlon qilish. Demak, saylov kampaniyasi rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlanib, saylov natijalari eʼlon qilingan kunga qadar davom etadi.







