Jahon

Makron telefonini o'zgartirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroilning Pegasus shpion dasturining qurboni bo‘lganligi haqidagi xabarlardan so‘ng telefoni va raqamini o‘zgartirdi.

Makron telefonini o'zgartirdi

 

 

Prezident devonining taʼkidlashicha, Makron xavfsizlik protokollarini ko‘rib chiqishni ham buyurgan.


Shu hafta boshida OAV Makron va bir qator Fransiya vazirlarining smartfonlari Pegasus dasturi orqali tinglanayotgani mumkinligi haqida xabar tarqatdi. Ushbu dasturdan Marokash maxsus xizmatlari foydalanganligi taxmin qilinmoqda. Marokash rasmiylari bu ayblovlarni rad etishdi va buni "asossiz va noto‘g‘ri" ekanligini taʼkidlashgan.


Isroilning   NSO Group kompaniyasining Pegasus  dasturi smartfonlar uchun eng yaxshi shpion dasturlaridan biri hisoblanadi. Kuzatuv real vaqt rejimida amalga oshirilishi va messenjerlarning shifrlanishini chetlab o‘tishi mumkin. Dastur telefonga yuborilgan va qabul qilingan xabarlarni ko‘chiradi, fotosuratlarni to‘playdi va qo‘ng‘iroqlarni yozib oladi.


Bundan tashqari, Pegasus mikrofon va videokameradan foydalanish huquqiga ega. Dastur yordamida telefonning joylashishini kuzatish mumkin.


NSO  Group  dasturiy taʼminotni faqat davlat idoralariga va terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurash uchun sotishini aytmoqda.


Dastur Fransiya rahbarining telefoniga o‘rnatilganmi yoki yo‘qmi nomaʼlum. Ammo uning raqami 2016 yildan beri Pegasus  yaratuvchisi NSO Group  mijozlari tomonidan nishonga olingan deb hisoblangan 50 000 ta kontaktlar ro‘yxatida edi. Ushbu ro‘yxatga siyosatchilar va davlat rahbarlari, korxona rahbarlari va faollar kiritilgan.


Vengriya, Isroil va Jazoir hukumatlari undan foydalanish bo‘yicha tekshiruv boshladilar.


Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel va boshqa nemis siyosatchilarining telefonlarini tinglash bilan bog‘liq mojaro yuz bergan edi. OAV Daniya maxsus xizmatlarining aloqasi borligini eʼlon qildi.


Shuningdek, Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich va uning oila aʼzolari tinglangani maʼlum bo‘ldi.

 

Nasiba To‘xtayeva

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Makron telefonini o'zgartirdi | Zamon.uz