O‘zbekistonda 6 milliondan ortiq kishi vaksina qabul qildi, reja — 21 million nafar
Ayni daqiqalarda AOKAda “COVID-19”ga qarshi vaksinalarning aholi salomatligiga taʼsiriga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.


Anjumanda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekovning maʼlum qilishicha, O‘zbekistonda 21 million fuqaroni emlash rejalashtirilgan.
«Biz shu kunga qadar 1 million 34 ming kishini to‘liq emlab bo‘ldik. Vaksina qabul qilgan insonlarning jami soni esa 6 million nafardan oshdi (bu raqam ichida bir, ikki va uch marta vaksina olganlar bor).
O‘zbekistonda bugungi kunda 4,1 mingta emlash punktlari faoliyat ko‘rsatyapti. Afsuski, biz bir kunda bitta pukntda 19 kishinigina emlayapmiz xolos. Aslida esa imkoniyatimiz kuniga 70 odamni emlashga yetadi», — deya taʼkidladi Otabekov.







