O‘zbekistonda havo harorati yana-da ko‘tarilishi kutilmoqda
24-26 iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda.


“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy meʼyorlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarda 45-46 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
25-27 iyulda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda changli bo‘ron bilan 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.







