Gaiti prezidentiga suiqasd qilishda qatnashgan gumondorlar aniqladi
Gumonlanuvchilar Kolumbiya qurolli kulari tarkiba Amerika harbiy tayyorgarlik dasturlarida qatnashishgan.


Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat departamenti xabar qildi.
"Hozirgi kunda davlat departamenti va Pentagon Jovenel Moizning o‘ldirilishiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 6 kishining shaxsini aniqladi. Bu shaxslar oldin Amerika harbiy tayyorgarlik dasturlarida Kolumbiya qo‘shinlari safida qatnashgan", - dedi tashkilot matbuot kotibi Ned Prays.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyun kuni Gaiti prezidenti Jovenel Moiz Port-o-Prensagi qarorgohida o‘ldirildi.
Hozirgi paytgacha bu ishda aloqadorlikda gumonlanib 23 kishi qo‘lga olingan.
Sharofat Mahmudova







