AQSH tomonidan minglab vizalar taqdim etiladi
Afg‘onlar va ularning oilalariga tahdid Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqa boshlagandan so‘ng paydo bo‘ldi.

AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan afg‘on kuchlari va radikal tolibonlar o‘rtasida jangovar harakatlar kuchayishi bilan xavotir ham kuchaydi. So‘nggi haftalarda jangarilar yangi hudud va chegara o‘tish joylarini egallab oldi.
Shu oyning o‘zidayoq Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan maxsus immigratsion viza olish uchun ariza beruvchilarni evakuatsiya qilishni boshlaydi. Birinchi guruh Virjiniyadagi harbiy bazaga yetkaziladi.
Bir kun oldin “Tolibon” Afg‘oniston chegarasining 90 foizini nazoratiga olganini aytdi. Harakat vakili Zabiullu Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, harakat Afg‘onistonning Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron bilan chegaralarini to‘liq nazorat qiladi.








