Germaniyada yana suv toshqinlari yuz berishi mumkin
Tabiiy ofatdan katta zarar ko‘rgan Reynland-Pfalz va Shimoliy Reyn-Vestfaliya mintaqalarida hafta oxirida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu esa yangi toshqinlarning boshlanishiga olib kelishi haqida ogohlantirilmoqda.


Hozirda daryolarda suv sathi tez ko‘tarila boshlanishi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, aholini evakuatsiya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rilgan.
Bir necha kun davom etgan toshqin kamida 175 kishining umriga zomin bo‘lgan. Ofatdan yetkazilgan zararning umumiy miqdori 5 milliard yevroni tashkil qiladi.
Nasiba To‘xtayeva







