Jo Bayden Afg‘oniston uchun 3.3 mlrd ajratmoqchi
AQSH prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan telefon orqali suhbatlashdi.


Bu haqda Oq uy rasmiy sayti xabar qilmoqda.
AQSH Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga yordam berishda davom etishini va shu maqsadda 2022 -yilda Kongressdan 3,3 mlrd dollar so‘rashini bildirdi.
"Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlarning afg‘on xavfsizlik kuchlarining himoya sohasiga yordam ajratishda davom etishini bildirdi", - deyiladi Oq uy xabarida.
Xabarda taʼkidlanishicha, 2022 moliyaviy yil uchun Kongressdan 3,3 mlrd dollar so‘ralgan. Shundan
- 1 mlrd dollar Afg‘oniston harbiy havo kuchlari uchun;
- 1 mlrd dollar afg‘on kuchlarini yonilg‘i, o‘qlar va himoya qismlari bilan taʼminlash uchun;
- 700 mln dollar afg‘on harbiylarining maoshlarini to‘lash uchun ajratiladi.
Prezident Afg‘onistonga boshqa nogumanitar yordamni rivojlantirish uchun Kongressdan yana 364 mln dollar so‘radi.
Oq uy qayd etishicha, prezidentlar afg‘onlarning umumiy manfaatlarni qo‘llab-quvvatlashi uchun birlashishi va mamlakatda adolatli siyosiy boshqaruvga erishishda diplomatik ishtirokning muhimligini taʼkidlashgan.
Sharofat Mahmudova







