Jahon

Joriy yilning 6 oyida Tojikistonda qancha tabiiy ofat ro‘y bergani maʼlum qilindi

Tojikistonning “Xovar” axborot agentligi yozishicha, 2021 yilning 6 oyida Tojikistonda 299 ta tabiiy ofat ro‘yxatga olingan, ularning 38 tasi xalq xo‘jaligiga ziyon keltirgan.

Joriy yilning 6 oyida Tojikistonda qancha tabiiy ofat ro‘y bergani maʼlum qilindi

 

Shuningdek, tabiiy ofat natijasida olti oy ichida 22 kishi halok bo‘lgan, ularning 8 nafari toshqin, 7 nafari ko‘chki ko‘chishi, 5 nafari tuproq o‘pirilishi va ikki nafari tosh qulashi oqibatida nobud bo‘lgan.

Tojikiston hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi bo‘yicha Qo‘mita raisi polkovnik Imomali Ibrohimzoda 23 iyulda matbuot anjumani o‘yushtirib, ushbu raqamlarni keltirdi.

Uning bergan maʼlumotiga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida 337 ta uy ziyon ko‘rgan, 140 ta uy butunlay, 197 tasi qisman vayron bo‘lgan, 8 ta taʼlim muassasa binosi, 3492,114 gektar ekin maydoni, 42 ta ko‘prik va 212,87 kilometr yo‘l tabiiy ofatdan jiddiy ziyon ko‘rgan.

Uyi vayron bo‘lgan xo‘jaliklarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilgan, jumladan, ularga qurilish materiallari, oziq-ovqat va tozalik vositalari taqdim etilgan.

Daryolar, ko‘llar va kanallarda cho‘milishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida o‘tgan olti oyda 69 kishi cho‘kib ketgan (2020 yilda — 34 kishi). Imomali Ibroximzodaning taʼkidlashicha, shuningdek, qutqaruvchilar 383 ta qutqaruv amalyotlarini bajargan va 183 kishining hayotini saqlab qolgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Joriy yilning 6 oyida Tojikistonda qancha tabiiy ofat ro‘y bergani maʼlum qilindi | Zamon.uz