Jahon

Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi "Omon qolgan" filmi voqeasi hayotda takrorlandi

AQSH sohil qo‘riqchilari sayti xabar qilishicha, voqea Alyaskaning olis, aloqa vositalari ishlamaydigan shaxta lagerida yuz bergan.

Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi "Omon qolgan" filmi voqeasi hayotda takrorlandi

 

Shu hududda ishlayotgan erkakka ovqat izlab yurgan grizli hujum qilgan.

60 yoshli erkak to‘pponchasidan otib, yirtqichni haydagan, ammo u bir hafta mobaynida har tunda erkakning uyiga hujum qilishda davom etavergan.

Bu orada ayiq uy eshigini ham sindirib tashlagan. Natijada tun kirishi bilan erkak uchun yashash uchun kurash boshlangan. Kun sayin qurbonning madori tuga, 2 dona patroni qolgan.

Hatto, bir marta ayiq erkakni oyog‘idan sudrab daryogacha olib borgan, ammo u qochib keta olgan.

Qahramonimizning baxtiga, uni yovvoyi tabiatni o‘rganayotgan olimlarning oldidan qaytayotgan harbiylar payqab qolishgan. Sohil qo‘riqchilarining vertoleti bulutlar sabab o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi va uyning tomiga yozilgan SOS yozuvini ko‘radi. Tomda "omon qolgan" yordam chaqirib sakrayogan edi.

Natijada erkak shifoxonaga olib ketildi. Shifokorlar uning oyoq va ko‘krak sohasida jarohatlar borligini aniqlashdi.

Sharofat Mahmudova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi "Omon qolgan" filmi voqeasi hayotda takrorlandi | Zamon.uz