Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni 64 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi
24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidentining katta qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.


Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram‘dagi kanaliga davlat rahbarining nabirasi Shavkatjon bilan tushgan suratni joylashtirgan. «Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz insonlarim. Alloh Sizni panohida asrasin!», — deb yozadi Mirziyoyeva.
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti 24 iyul kuni 64 yoshga to‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyat xronikasi» deb nomlangan to‘plam nashrdan chiqarilgandi. Unda Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil sentyabr oyidan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrdagi siyosiy faoliyati solnomasi batafsil aks ettirilgan.







