AQSHda chang bo‘roni oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
AQSHning Yuta shtatida chang bo‘roni tufayli ketma-ket yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘ldi.

Natijada 7 kishi halok bo‘lgan. Yuta politsiyasining xabar berishicha, kuchli shamol oqibatida ko‘tarilgan chang yo‘lni ko‘rish imkonini yomonlashtirgan, natijada yigirmata mashina o‘zaro to‘qnashgan.
Bir necha kishi jarohat oldi, baʼzilari og‘ir ahvolda vertolyotda kasalxonalarga yetkazilgan.
Avtomobil yo‘lida janubiy yo‘nalishdagi transport harakati to‘xtatildi. Yuta avtomagistrali patrul xizmati boshqa shaharlardan yordam so‘radi.
Nasiba To'xtayeva







