Isroil birinchi marta BAAga elchi tayinladi
Isroil birinchi marta Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisini tayinladi. Ushbu lavozimni Amir Xayek egalladi.


Ayni vaqtda ushbu lavozimni vaqtincha Eytan Nae egallab kelmoqda.
Hozirda Xayek Isroil mehmonxonalar uyushmasi prezidenti sifatida faoliyat yuritadi. Avval u sanoat, savdo va mehnat vaziri lavozimini egallagan.
“Iqtisodiyot va turizm sohalarida katta tajriba va bilimlarga ega Amir Xayek Isroil va BAA o‘rtasida ko‘prik o‘rnatishga qodir inson hisoblanadi. O‘zaro elchixonalar ochilgandan keyin BAAda birinchi elchini tayinlash vaqti keldi”, deb aytgan Isroil tashqi ishlar vaziri Yair Lapid.
2020 yil sentyabrda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatining harakatlari bilan Vashingtonda Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatni imzolagandi.







