Rostov-Donda 1Xbet platformasi orqali zarar ko‘rganlar soni ortmoqda
1Xbet platformasi orqali zarar ko‘rganlar soni ortmoqda.


Rossiyaning Rostov shahrida sinov tariqasida jabrlanganlar uchun huquqiy yordam taklif qilinmoqda. Endi jabrlanuvchilar Rossiya Federatsiyasi tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikinga maxsus onlayn-servis orqali murojaat qilishlari mumkin.
Huquqshunoslarning maqsadi - aldanib qolgan o‘yinchilarni aniqlashdan iborat.
Hukumat va yuqoridagi servis o‘rtasidagi jinoiy surishtiruv 2019 yilda, Bryansk oblastida jinoiy ish ochilgandayoq boshlangan. Bukmekerlik kompaniyasi asoschilari Roman Semioxin, Dmitriy Kazorin va Sergey Karshkovlar xalqaro qidiruvga berilgan. Ular qimor o‘yinlari tashkillashtirgani va jinoiy daromadni rasmiylashtirganlikda ayblanmoqda.
Hozircha Rossiya Federatsiyasi kompaniya daromadidan 63 mlrd rubl soliq olmagani uchun jabrlanuvchi deb hisoblanmoqda.
Ammo noqonuniy qimor o‘yini tashkilotchilari bundan tashqari yana yuz mingab rossiyalikni aldagan. Gap shundaki, jinoyatchilar kimga pul to‘lash, kimning foizlarini olib qolish yoki hisobini bloklashni o‘zlari hal qilishgan.
Jabrlanuvchilardan arizalarni qabul qiluvchi sayt faoliyatining birinchi oyidayoq yuzdan ortiq murojaat qabul qilgan. Rossiya tergov qo‘mitasiga qirqga yaqin ariza yuborilgani xabar qilinmoqda.
Sharofat Mahmudova







