O'zbekiston

O‘zbekistonda avgust oyidan koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda avgust oyidan boshlab COVID-19‘ga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi ishlab chiqariladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda avgust oyidan koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi

 

 

Qayd etilishicha, vaksinalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokara o‘tkazish maqsadida 24 iyul kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev va Jurabek Laboratories kompaniyasi vakillari, shuningdek, Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi bosh muhandisi Van Chji Szyun, xorijiy mamlakatlarga eksport qilish bo‘limi direktori Chen Fan U hamda boshqalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

«Xitoylik hamkorlar O‘zbekistonning farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqarish salohiyati bilan dastlabki tanishuvlari natijasida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishning infratuzilmaviy imkoniyatlariga yuqori baho berdi. Kompaniyaning bosh muhandisi Van Chji Szyun O‘zbekistonning ishlab chiqarish quvvatlari mazkur vaksinani ishlab chiqarish talablariga to‘liq muvofiq ekanligini taʼkidladi», — deyiladi vazirlik axborotida.

Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi bilan vaksinalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolangan. Jumladan, O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarish uchun Xitoy tomonidan xom ashyo yetkazib berish muddatlari va hajmi borasida dastlabki kelishuvlarga erishilgan. «Tomonlar O‘zbekistonda birinchi bosqichda oyiga 10 million doza vaksina ishlab chiqarish va keyinchalik bu ko‘rsatkichni yiliga 200 million dozaga qadar olib chiqish mumkinligi bo‘yicha fikr almashdi», — deyiladi xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda avgust oyidan koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi | Zamon.uz