Saudiya hukumati umra ziyoratiga ruxsat bermoqda
Saudiya Arabistoni yakshanba kunidan umra ziyoratiga boradigan musulmonlar ziyoratgohlarini qayta ochadi, deb xabar qilmoqda SPA davlat axborot agentligi.


"Masjid-ul Haram umra ziyoratchilari va ibodat qiluvchilarni qabul qilishga tayyor", deb agentlik SPA Masjidul Haram rahbarining o‘rinbosari Saʼd ibn Muhammad al-Muhaymidning so‘zlarini keltirgan.
Unga ko‘ra, ziyoratchilar Haramga tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan choralar asosida qabul qilinadi.
Saudiya Arabistonining 60 ming fuqarosi qatnashgan bu yilgi hajda ilgarigi yillardan ancha kam ziyoratchi qatnashgan bo‘lsa-da, COVID-19 pandemiyasi sharoitida o‘tkazilgan 2020 yilgi ibodatdan ko‘ra ko‘proq hojilar ishtirok etdi. O‘tgan yili Saudiya Arabistoni hukumati pandemiya sababli Haj ziyoratini 10 ming musulmonga cheklab qo‘ygan edi.







