Shavkat Mirziyoyevning haftalik rejasi maʼlum qilindi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining bu hafta uchun rejalashtirgan tadbirlari haqida maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida amalga oshiriladigan yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Ertaga Shavkat Mirziyoyev kon-metallurgiya sanoati rivoji bilan tanishadi.
Hafta mobaynida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish;
Hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti avgust oyining boshiga mo‘ljallangan va takliflar 31 iyulgacha qabul qilinadi.








