Shveysariya suv ostida qoldi
Shveysariyada kuchli yomg‘ir tufayli ikki kanton (viloyat) suv toshqini yuzaga keldi.

Binolar va avtomobillar suv ostida qoldi.
Lyutsern hokimiyati xabariga ko‘ra, kantondagi binolar va ko‘chalar shanba kunidan beri suv ostida qolmoqda. Qutqaruvchilar 200 dan ortiq xabar qabul qilgan. 19 ta o‘t o‘chirish guruhi faollashtirilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida maʼlumot yo‘q.







