Afsonaviy Nokia 6310 telefonini ishlab chiqarish tiklandi
HMD Global kompaniyasi afsonaviy Nokia 6310 telefonini ishlab chiqarishni tikladi.


Telefon mobil internetga ega emas, ammo FM-radio, 0,3 megapikselli kamera, Bluetooth 5.0 va “Ilon” o‘yiniga ega. Uning operativ xotirasi 8 MB, ammo 32 GBgacha hajmli MicroSD o‘rnatish mumkin. Telefonning akkumulyatori quvvati kutish rejasida bir necha haftaga yetadi.
Yangi 6310 original modeldan shakli, rangi, tugmalari va displey o‘lchami bilan farq qiladi.
Telefonning original modeli 2001 yil oxirida chiqarilgan.
Sharofat Mahmudova







