Gaitida xavfsizlik masalasi bo‘yicha bosh koordinator qo‘lga olindi
Gaiti politsiyasi prezident Jovenel Moiz qo‘riqchilarining xavfsizlik masalasi bo‘yicha bosh koordinatori komissar Jan Lagel Sivilni qo‘lga oldi.


U oldin ham bosh prokuraturaga prezident qarorgohidagi hujum haqida ko‘rsatma berish uchun chaqirtirilgan. Bu haqda Haiti24 yangiliklar portali xabar bermoqda.
Oldinroq jinoyatga aloqador 23 kishi qo‘lga olingani haqida xabar qilgan edik. Bundan tashqari, Vashington Gaiti prezidentiga suiqasd uyushtirishda gumonlanayotgan 6 kishini aniqlagan edi. Gumondorlar Amerika harbiy tayyorlov dasturlarida Kolumbiya qurolli kuchlari safida qatnashgan.
Gaiti prezidenti Jovenel Moiz 7 iyul kuni o‘z qarorgohida nomaʼlum shaxslar tomonidan otib o‘ldirilgan edi.
Sharofat Mahmudova







