O'zbekiston

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi maʼlum qilindi

O‘zbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektlarga litsenziya berilmagan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi maʼlum qilindi

 

 

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvardan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgan edi.

Shu bilan birga, onlayn qimor bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ishtirokchilar majburiyatlarini tartibga solish, kelishilgan o‘yinlarning oldini olish maqsadida Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga Maʼmuriy va Jinoyat kodeksiga tegishli qo‘shimcha hamda o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilgan.

Maʼlumot uchun, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi aprel oyining boshida tugatilgan va uning barcha vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazilgan edi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Prezident farmoni ijrosini o‘rganish olib borgan. Shu maqsadda, agentlik mart oyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga so‘rov xati yuborgan.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 2021 yil 25 martda taqdim etgan maʼlumotda o‘sha vaqtda litsenziyalash bo‘yicha hukumatning qaror loyihalari ishlab chiqilayotgani hamda O‘zbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biron-bir xo‘jalik yurituvchi subyektlarga litsenziya berilmagani qayd etilgan.

«Yuqoridagilarga asoslanib, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasiga (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar) va Jinoyat kodeksining 278-moddalariga (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) muvofiq bukmekerlik va totalizator kabi faoliyat turi hali ham qonuniy emas», — deyiladi xabarda.

Agentlik «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga (reklamaga doir asosiy talablar) muvofiq ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish taqiqlanishini eslatib o‘tgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi maʼlum qilindi | Zamon.uz