Namoyishchilar Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarini to‘xtatishni talab qilishmoqda
Tokioda Yozgi Olimpiada o‘yinlari fonida COVID-19‘ning 2,8 mingdan ortiq yangi holatlari tasdiqlandi.


Ko‘rsatkich 2021 yil 7 yanvarda shaharda 2,5 ming holat qayd etilganidan beri ilk bor rekord darajaga ko‘tarildi. Shaharda koronavirus bilan kasallanishning keskin ortigi sababli favqulodda holat amal qilmoqda, u 22 avgustgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokioda pandemiya avjiga chiqqanligi sababli fuqarolar Olimpiadaga qarshi norozilik bildirishgan edi. Namoyishchilar Olimpiya o‘yinlarini to‘xtatishni talab qilishdi - ular ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan milliy stadion oldiga to‘planishgan.
Nasiba To‘xtayeva







