Alyaskada 8,1 magnitudali zilziladan so‘ng sunami eʼlon qilindi
Amerikaning Alyaska shtatida 8,1 magnitudali zilziladan so‘ng sunami xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda AQSHning sunamidan ogohlantirish markazi xabar qildi.

“Sunami xavfi: 8,1 magnitudali zilzila, Alyaskadagi Chignik shaharchasi janubi-sharqida”, - deyilgan Twitter'dagi xabarda.
Kecha, 28 iyul kuni Peruning shimoliy qismida ham 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Mamlakat seysmologiya xizmati Truxilyo shahri hududida yerosti silkinishlarini qayd etishdi. Zilzila epimarkazi 747 ming odam yashaydigan punktdan 98,5 km uzoqlikda, 40 km chuqurlikda joylashgan.
Sharofat Mahmudova







