Ford kutilmaganda 561 million dollar foyda ko‘rdi
Korporatsiya daromadi 26,8 mlrdni tashkil etdi.


Mikrochiplarning global yetishmovchiligi tufayli ishlab chiqarish ikki baravarga qisqarganiga qaramay, Ford avtokonserni ikkinchi kvartalda kutilmaganda 561 mln dollar foyda ko‘rdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Kompaniya xarajatlarni kamaytirish va avtomobillarining narxini oshirish orqali bu natijaga erishdi. Bungacha tahlilchilar II kvartalda zarar ko‘rilishini aytishgan edi.
Korporatsiya daromadi 26,8 mlrdni tashkil etdi.
Sharofat Mahmudova







