O‘zbekistonga 1,2 mln doza Pfizer vaksinasi olib kelinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni Olmaliq shahriga tashrifi chog‘ida Jurabek Laboratories MCHJ qo‘shma korxonasida COVID-19‘ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Uchrashuvda maʼlum qilinishicha, O‘zbekistonga yana 17,9 million doza vaksina yetib kelishi kutilmoqda:
-
Moderna — 3 million doza;
-
Pfizer/BioNTech — 1,2 million doza;
-
ZF-UZ-VAC2001 — 12 million doza;
-
«Sputnik V» — 1,7 million doza.
Maʼlumotga ko‘ra, 2021 yilda xarid qilingan barcha vaksinalarga 44 million 761,5 ming dollar sarflangan. Ulardan o‘zbek-xitoy vaksinasiga 39 million 100 ming dollar, «Sputnik V» vaksinasiga 3 million 681,5 ming dollar va AstraZeneca vaksinasiga 1 million 980 ming dollar sarflangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yil 21 iyulga kelib O‘zbekistonga 8,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirilgan. O‘zbek-xitoy vaksinasiga 39 million 100 ming dollar sarflanganidan kelib chiqsa, ushbu vaksina o‘zbekistonliklarga 4,6 dollardan tushmoqda.







